Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qilishicha, Chilonzor tumanida o'tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida 2001-yilda tug'ilgan fuqaro xaridorga kalibri 5×45 millimetr bo'lgan 22 dona jangovar o'qni sotgan vaqtda ushlangan. Ashyoviy dalillar belgilangan tartibda hujjatlashtirib olingan.

Aniqlanishicha, ushlangan shaxs muqaddam Surxondaryo viloyatida joylashgan harbiy qismda portlatuvchi-haydovchi lavozimida ishlagan. Tezkor surishtiruvlar jarayonida u ushbu o'q-dorilarni avval birga xizmat qilgan harbiy xodimdan 10 million so'mga sotib olgani ma'lum bo'ldi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.