Toshkentda kanalga tushib ketgan qizlarni qutqarmoqchi boʻlgan erkakning oʻzi choʻkib ketdi

    Shu yilning 5-may kuni Toshkentning Boʻrijar kanaliga ikki qiz tushib ketadi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda halokatga kanal boʻyida olib borilayotgan obodonlashtirishlar sabab qilib koʻrsatilmoqda.

    Boʻrijar kanalida choʻkayotgan voyaga yetmagan qizlarni qutqargan erkak xaloq boʻlganligi holati yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda, deya xabar beradi Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsiddinov.

    Ushbu voqeada jasorat koʻrsatgan marhumning yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etib, hamdardlik bildiramiz.