Ta’kidlanishicha, yong‘in "Inoqobod" MFY, Yangi zamon ko‘chasida joylashgan Greenwich MCHJga tegishli qurilish binosida yuz bergan.

Yong‘in ro‘y bergani haqida tuman FVVga 11:45 da xabar kelib tushgan. FVV o‘t o‘chirish tarkibi hodisa joyiga 11:50 da yetib borgan. Ayni vaqtda yong‘in bartaraf etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, lak bo‘yog‘i yongan, yong‘in 15 m² maydonni egallagan, jabrlanganlar yo‘q.

Yong‘in joyiga Mirobod tumani FVB rahbariyati va xodimlari hamda tuman IIOFMB raxbariyati va xodimlari chiqishgan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.