Poytaxt FVB matbuot xizmatiga koʻra, 13-yanvar kuni soat 23:59 da Niyoziy koʻchasidagi uy xonadonlaridan birida yongʻin chiqqanligi haqida xabar kelib tushgan.
Yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 00:04 da voqea joyiga yetib borgan va soat 00:37 da yongʻin toʻliq oʻchirilgan. Hodisa joyiga jami 5 ta oʻt oʻchirish ekipaji jalb etilgan.
Qayd etilishicha, yongʻin oqibatida jabrlanganlar yoʻq. Hodisaning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.