Bugun, 1-mart kuni soat 15:23 da Toshkent shahar FVBga Mirzo Ulugʻbek tumani, Qorasuv 4 mavzesida joylashgan koʻp qavatli uylarning biridagi xonadonda chaqnashi sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabar tushgan.
Zudlik bildan aytilgan manzilga yongʻin-qutqaruv ekipajlari yetib borgan.
Voqea joyiga FVB, IIBB, SSB, prokuratura va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.
Qutqaruv ishlari davomida 5 nafar fuqaro evakuatsiya qilindi, halok boʻlganlar haqida maʼlumot yoʻq.