Toshkentda koʻp qavatli uyning xonadonlarini poylagan erkak qamaldi

    U xonadonlarga koʻz tirqishlari orqali qarab, ushbu xonadonlarni eshitib turish orqali kuzatib yurganligi natijasida xonadonda yashovchilarni qoʻrqitgan.

    2020-yili oʻgʻrilik jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan fuqaro joriy yilning 21-may kuni nomaʼlum shaxs Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi koʻp qavatli uylarning birida xonadon eshiklarini birma-bir tortib, tashqaridan turib xonadon ichkarisini eshitayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi.

    Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar sudlari Matbuot xizmati maʼlumot berdi.

    Aniqlanishicha, joriy yilning 2-may kuni A.B. ismli shaxs tungi soat 02:30 atrofida Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi koʻp qavatli 142-uyning xonadonlariga koʻz tirqishlari orqali qarab, ushbu xonadonlarni eshitib turish orqali kuzatib yurganligi natijasida xonadonda yashovchilarni qoʻrqitib, ularning tinchligini buzgan.

    Mazkur holat boʻyicha u IIB binosiga taklif qilinganida, idoraga kelishdan bosh tortib, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.

    Ushbu holat yuzasidan joriy yilning 23-may kuni MJtKning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismi bilan ayblanayotgan A.B.ga nisbatan Mirzo Ulugʻbek tuman sudida sud hukmi oʻqildi.

    Unga koʻra, sudlanuvchi MJtKning 183-moddasiga asosan 5 sutka qamaldi. MJtKning 194-moddasiga asosan esa BHMning 5 baravari miqdorida jarimaga tortildi.