Unda, fuqaro T.T. va boshqalar oldindan til biriktirib, noqonuniy daromad orttirish maqsadida, litsenziya olinishi shart boʻlgan faoliyat turi bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shugʻullanishib, boshqa shaxsga “1V” (bitkoyn) elektron pul birligini 10 463 AQSH dollaridan hisoblab, “20V” (bitkoyn) elektron pul birligini oʻzining 7% lik ustamasi bilan hisoblab jami 224 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlangan, tadbir yakunida T.T.dan elektron pul birliklari sotuvidan tushgan 402 071 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi va 190-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.