Toshkentda kuchli shamol boʻlishi va yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

    Tashvishli xabar 17 Iyun 2022 1534

    Shahar hokimligi axborot xizmati ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishni, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalarni qoʻymaslikni soʻradi.

    Noqulay ob-havo sharoiti – kuchli shamol, yogʻingarchiliklar bilan bogʻliq har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlari bilan (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bogʻlanish mumkin.

    Shuningdek, murojaatingizni Xalq Nazorati portali va ilovasi orqali yuborish imkoniyati mavjud.