Toshkentda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelganlar ushlandi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani boʻlimi, DXX va Bojxona xodimlari hamkorligida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanish holatlarini aniqlash boʻyicha tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar Sh.T. va boshqalar 140 dona “Regapen” nomli inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini fuqaro U.S.ga 7,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1 moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.