Toshkentda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi

    Toshkent shahrining Yashnobod tumanida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxs tegishli tartibda qoʻlga olindi.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.A. 56 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro A.A.ga 5,2 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.