Toshkentda kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarini sotayotganlar ushlandi

    Qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

    Fuqarolar Sh.F. va M.T. “Tropikamid”, “Zardeks” va “Regapen” nomli jami 59 dona kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarini fuqaro G.A.ga 9,5 million so'mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangani aytilmoqda. Hodisa Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo'limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta'sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.