Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shtabning asosiy maqsadi — poytaxtda tozalikni taʼminlash, ekologik holatni yaxshilash va aholi uchun qulay muhit yaratishdir.
Shtab tarkibiga Toshkent shahar hokimligi, Bosh prokuratura, Ekologiya, favqulodda vaziyatlar, ichki ishlar vazirliklari, Milliy gvardiya hamda boshqa hamkor tashkilotlar vakillari jalb etilgan.
Aholi oʻz yashash hududida chiqindilar toʻplanib qolgan holatlarda “Xalq nazorati” portali orqali “Toza shahar” yoki “Toza hudud” boʻlimlariga murojaat qoldirishi mumkin. Har bir murojaat yuzasidan tegishli choralar koʻrilishi belgilangan.








