Qayd etilishicha, bugun soat 08:50 da Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani, Mirzo Ulugʻbek shoh koʻchasida, avtomobil yonayotganligi toʻgʻrisida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Kelib tushgan xabarga asosan, yongʻin-qutqaruv ekipaji aytilgan manzilga yetib borib, yongʻin soat 08:56 da batamom oʻchirildi.

Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.

Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.