U oʻz nutqida Oʻzbekistonda YUNESKO butunjahon merosining insoniyat nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan besh obyekti va olti elementi mavjudligini taʼkidladi.

Ernesto Ottone Oʻzbekistonning madaniy boyligi mamlakat kelajagini qurishda muhim asos boʻlib xizmat qilishini qayd etdi. Shuningdek, u oʻz rivojlanish strategiyasida madaniyatga katta eʼtibor qaratayotgan Oʻzbekistonning saʼy-harakatlarini yuqori baholashini qoʻshimcha qildi, deb xabar beradi Uzbektourism.uz