Toshkentda Malibu-2 39 yoshli erkakni urib ketdi

    Yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan 39 yoshli erkakni Malibu-2 rusumli avtomashina urib ketdi.

    Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼlum qildi.

    Shu yilning 27-iyun kuni kech soat 20:10 larda Uchtepa tumani TXAY koʻchasi "Koʻrkam Obod" MFY Milliy Gvardiya binosi qarshisida haydovchi voyaga yetmagan 2008-yilda tugʻilgan (erkak) А.Х. Malibu-2 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan piyoda 1985-yilda tugʻilgan (erkak) G.K.ni urib ketdi.

    Hodisa oqibatida G.K. olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonaga yotqizilib tibbiy muolajalar koʻrsatildi.

    Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.