Holat boʻyicha Toshkent shahar IIB Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Shu yilning 07-avgust kuni soat 05:20 larda Chilonzor tumani Zargarlik-Shirin koʻchalari chorrahasida “Malibu-2” rusumli avtomashinasi hamda “Nexia-1” rusumli avtomashinalari ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi.

YTH oqibatida “Nexia-1” rusumli avtomashina haydovchisi va “Malibu-2” rusumli avtomashina yoʻlovchisi tan jarohat olgan.

Hozirda holat boʻyicha Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.