Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo xalqaro instituti rasmiy ochilish marosimi qatnashchilariga tabrigini T.Norboyeva oʻqib eshittirdi.
Marosimda soʻzga chiqqanlar bu institut Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilganini alohida eʼtirof etmoqda.
Mazkur institut, eng avvalo, mintaqa davlatlari hamkorligini har tomonlama kengaytirishga qaratilgan strategiya va dasturlarning yangi yoʻnalishlarini ishlab chiqishga koʻmaklashish, ularni ilmiy asoslangan holda chuqur tahlil va tadqiq qilish bilan shugʻullanadi.
Shuningdek, mintaqa davlatlari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan izlanishlarni, Markaziy Osiyo xavfsizligi bilan bogʻliq turli boshqa tahdid va muammolarni samarali hal etishga qaratilgan tizimli tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyadi.
Bundan tashqari, qoʻshni davlatlarning tashqi siyosat konsepsiya va maqsadlarini tahliliy yondashuvlar asosida puxta oʻrganadi, mintaqaviy ahamiyatga ega turli loyihalarni batafsil tahlil qiladi.