Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, ushbu harakatlarni sodir etganlikda gumondor 29 yoshli Muxriddin A. ushlandi. Xolislar ishtirokida uning yonidan 2 dona kodli qulflar topilib, ashyoviy dalil sifatida olindi, deya xabar beradi Toshkent shahar IIBB axborot xizmati.
Gumondor bilan suhbat davomida maʼlum boʻlishicha, u internetda shunday “pul ishlash” usulini koʻrib, undan foydalanishga qaror qilganini aytgan.
Rejaga koʻra, u qulfni avtomashina eshigining ushlagichiga osib, haydovchiga qulfni ochish uchun kod raqamini sotib olish taklifi yozilgan xat qoldirgan.
Koʻrsatilgan hisob raqamiga pul mablagʻlari kelib tushgandan soʻng, qulf kodini yuborishi kerak boʻlgan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda, uning natijalariga koʻra qonuniy qaror qabul qilinadi, deyiladi xabarda.