Tezkor tadbirda Olmazor tumanida yashovchi fuqaro Sh.P. oʼz uyida 94 toʼplamdagi qoʼlbola usulda yasalgan mayning kripto-aktivlari qurilmasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʼiga oʼgʼrilik yoʼli bilan ulab, jami 540 million soʼmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʼgʼrilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.