Jumladan, Toshkent shahri SHayxontoxur tumanida vaqtincha yashovchi fuqaroda tana harorati ko'tarilgan, tomoqda og'riq bezovta qilgan. U tekshiruvdan o'tkazilganda koronavirusga chalingani ma'lum bo'ldi. SHu tumanda joylashgan qurilish firmasining xodimida ham ishga kelish uchun tahlil  o'tkazilganda koronavirus aniqlangan. 

Mirobod tumanida yashovchi, nafaqadagi fuqaro yuqori qon bosimi bilan tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga olib kelingan va tekshirilganda unda ham koronavirus tasdiqlangan.

Bundan tashqari, YUnusobod tumanida yashovchi fuqaroda tana haroratining ko'tarilishi va tomoqda og'riq bezovta qilgan. Uy sharoitida turli antibiotik dori vositalarni qabul qilgan.

 Toshkent viloyatida yashovchi, poytaxtimizdagi SHayxontoxur tumanida joylashgan «Mediapark» savdo majmuasida qo'riqchi bo'lib ishlovchi fuqaroda ham tana haroratini ko'tarilishi, holsizlik, quruq yo'tal va tomoqda og'riq bezovta qilgan. Infektsiya aniqlangan ushbu bemor ham uy sharoitida turli antibiotik dori vositalarni qabul qilgan.

SHuningdek, Navoiy shahridan — 6 nafar, Navbahor va Karmana tumanlaridan esa 1 nafardan koronavirusga chalingan bemor aholi orasida tasdiqlangan.