Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizdagi er usti metrosi estakadasi tayanchlarining yaqin joyidagi erning o'pirilish uchastkasi aks ettirilgan fotolar paydo bo'lgan edi.

 “O'zbekiston temir yo'llari” davlat aktsiyadorlik jamiyatining kapital qurilish direktsiyasi ushbu faktni o'rganib chiqqach, poydaxtimiz Shoxsanam ko‘chasining kiraverishidagi yer o‘pirilishining sababchisi yer ostidagi diametri 1200 mm bo‘lgan, suv quvurining ustidan o‘rnatilgan P-simon beton plitasining qo‘porilishi bo‘lgan. Toshkent shahridagi “Suvsoz” davlat unitar korxonasi vakillarining so'zlariga ko'ra, suv ta'minoti va kommunikatsiyalarida hech qanday shikast yo'q.

ehtimol, yo'l qoplamasi va beton plitalar tashqi katta bosim (og'ir yuk mashinalari)ga dosh bera olmagan. Hodisa sabablari tegishli xizmatlarning zimmasiga yuklatilgan.

Hozirgi ta'mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilmoqda. Mutaxassislarning aytishicha, ushbu voqeaning halqali metro liniyasiga ta'siri haqida tashvishlanishga asos yo'q, deyiladi axborotda.