Unda Cankt-Peterburg reabilitatsiya terapevtlari jamiyati, Litva sogʻliqni saqlash fanlari universiteti kasalxonasi Kaunas klinikasi, Stavropol davlat tibbiyot universiteti nevrologiya, neyroxirurgiya va tibbiy genetika kafedrasi, Ukraina Milliy tibbiyot universiteti nevrologiya kafedrasi professor-oʻqituvchilari, tajribali shifokorlar va yosh mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Konferensiya ishiga muvaffaqiyat tilagan Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor A.Shodmonov dunyodagi yetakchi tibbiyot oliygohlari va klinikalarining ilgʻor fikrli olimlari, sohaning bilimdoni boʻlgan mutaxasislar ishtirok etayotgan mazkur xalqaro anjuman nevrologiyaning dolzarb muammolariga yechim topishda koʻmak berishiga, ayniqsa, yosh nevrologlarning yangi innovatsion ishlanmalariga turtki boʻlishiga umid bildirdi.
Oʻzbekistonda har yili kamida 4.6 ming bemor insult, 13 ming bemor nerv sistemasi shikastlanishi (travmalar) bilan kasallanadi. Bundan tashqari 700 ming nogironligi boʻlgan kishilar nevrologik va reabilitatsiya muolajalariga muhtoj.
Prezidentimizning 2018-yil 30-avgustda qabul qilgan “Nevrologik yordamni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida mamlakatimizda nevrologiya tizimini dunyoning eng ilgʻor tajribasi asosida modernizatsiya qilish vazifasi belgilangan.
Unga muvofiq Toshkentda Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ochiladi. Bu markaz skrining tadqiqotlari orqali nevrologik kasalliklarning xafli omillarini aniqlaydi.
Markazda nevrologiya va neyroreabitologiya sohasi kadrlari tajribasi va malakasini oshirish maqsadida xorijiy mutaxassislar ishtirokida oʻquv seminarlar, vebinar va tele-koʻpriklar oʻtkaziladi.
Yosh nevrologlar maktabi”ning 11 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda yosh nevrolog olimlarning kasalliklarni erta aniqlash xamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazishdagi imkoniyatlari borasidagi taklif va mulohzalariga ham keng oʻrin beriladi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati