O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli farmoyishi tasdiqlandi.

Ushbu tadbirlar O‘zbekistan Respublikasi Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi va Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Jahon chempionatida AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Argentina, Braziliya, Rossiya, Yaponiya va boshqa davlatlardan sport delegatsiyalari ishtirok etishi kutilmoqda.

Chempionatning ochilish va yopilish marosimlarida respublikamiz taniqli madaniyat va sanʼat namoyandalarining dasturiy chiqishlari tashkil etiladi.

Koronavirus pandemiyasi sharoitida tadbirning yuqori saviyada o‘tkazilishini taʼminlash uchun tegishli xavfsizlik va sanitariya-gigiyena chora-tadbirlari ko‘riladi.

Xususan, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi jahon chempionati bo‘lib o‘tadigan joylar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga mos bo‘lishi, ishtirokchilarga yuqori saviyada tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, mehmonxonalarda va jahon chempionati bo‘lib o‘tadigan “Saxovat sport servis” majmuasida zarur dori-darmon va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan hamda malakali tibbiyot xodimlaridan iborat tez tibbiy yordam brigadalari faoliyat ko‘rsatishiga masʼulligi bildirilgan.