Toshkentda ommaviy qabullar haftaligi boshlandi

    Mamlakatimizda 25 Noyabr 2020 2564

    Prezident Xalq qabulxonalarining Toshkent shahrida oʻtkazayotgan ommaviy qabullar haftaligi qizgʻin muloqotlar bilan boshlandi.

    Haftalikning ilk kunida poytaxtimizning barcha tumanidagi Xalq qabulxonalari sektorlar rahbarlari, hududiy boshqarma va idoralar, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar masʼullari bilan fuqarolar va tadbirkorlarning jonli muloqotlarini tashkil etdi. Qizgʻin kechgan uchrashuvlarda aholini oʻylantirayotgan masalalarni har bir tuman va soha kesimida yana bir bor nazardan oʻtkazish, ularga joyida yechim topish, muammolarni har tomonlama tahlil qilish asnosida kelgusi yillar dastur va rejalari uchun takliflar ishlab chiqish bosh maqsadni tashkil etdi.

    Sergeli tumanida boʻlib oʻtgan ommaviy qabulda asosan Sergeli va Yangi hayot tumanlari mahallalarida yashovchi aholi vakillari oʻz ariza va shikoyatlari, taklif-tavsiyalari bilan tuman va shahar miqyosidagi sektorlar rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar bilan birga tegishli vazirlik va qoʻmitalar, respublika idoralari vakillariga murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻldi.

    Qabul jarayonida oʻndan ziyod shoʻbalarda ish olib borildi. Ularda respublika, shahar va tuman masʼullari sud-huquq, ichki ishlar, sogʻliqni saqlash, uy-joy kommunal, energetika, bank, mahalla va oila, taʼlim kabi yoʻnalishlardagi murojaatlarni birgalikda koʻrib chiqishdi.

    Qator murojaatlar joyiga chiqib oʻrganilgach, muammolarni hal qilish uchun amaliy ishlar boshlab yuborildi.

    Sergeli tumani 1-sektori“Oʻzgarish” mahallasidagi 29-uydagiliftning yaroqlilik muddati oʻtab boʻlgan. Shu bois tez-tez buzilib qoladi. Yuqori qavatdayashovchilar zinadan tushib chiqishga ancha qiynalib qolganedi. Mazkur murojaat joyiga chiqib oʻrganilgach, ushbu koʻp qavatli uyga yangi lift oʻrnatishga kirishildi.

    Yashnobod tumanidagi jonli muloqotlar ham amaliy ishlarga ulandi. “Tuzel” mahallasida 9 qavatli uyning ham lifti ancha vaqtdan beri nosoz edi.Aholi murojaatidan soʻng mazkur uyga ham yangi lift oʻrnatishga kirishildi.

    Xuddi shunday muammo “Xosiyatli” mahallasidagi 66-uyaholisini ham bezovta qilib kelardi. 9 qavatli buumumiy yotoqxonadagi 71 ta xonadondayashovchi 200dan ziyod aholi 1980-yilda oʻrnatilgan eski liftnosozliklaridan yurakzada boʻlgan edi. Murojaatdan soʻng bu uyda ham yangi, zamonaviy lift oʻrnatish ishlari boshlandi. Mutaxassislar montaj va sinov ishlari uchun uzogʻi bilan 2 hafta muddat zarurligini aytdi. Demak, ikki hafta nari-berisida bu uydagi katta bir muammo barham topadi.

    Yashnobodning“Nodirabegim” mahallasidagi 44 ta xonadon egalari ichimlik suvi bosimipastligidan qiynalib kelayotgandi. Sababi quvurlar eskirgan, yuqori bosimni koʻtarolmaydi. Aholi murojaatlaridan soʻng bu yerda asosiy ichimlik suviquvuridan 80 metr masofagayangi quvurlar oʻtkazilmoqda. Bu bilan esa tez orada 44 taxonadondagi 200 nafardan ziyod aholining mushkuli oson boʻladi.

    Yashnobod tumanidagi Xalq qabulxonasiga “Mashinasozlar” mahallasi PahlavonMahmud koʻchasidagi umumiy yotoqxona tipidagi 33-uydan shikoyat kelib tushgan edi. Muammo – bu yotoqxona xususiylashtirilgach, issiqlik tizimidan uzilgan. Murojaatdan soʻng Xalq qabulxonasi va sektorlar hamkorligida bu masalaga yechim topilib, 40 xonadonni issiqlik bilan barqaror taʼminlash uchun alohida zamonaviy lokal qozonxona oʻrnatildi. Bu uydagi aholining qish faslidagi eng katta muammosi hal etildi.

    Olmazor tumanidagi ommaviy qabullar ham ishchan ruhda oʻtdi. Har bir murojaat sinchiklab oʻrganilib, yechim topishga harakat qilindi. Deylik, olmazorlik Faniya Tugushova masʼullardan baxtsiz hodisaga uchrab, chap son suyagi singan oʻgʻlini davolatishda amaliy yordam soʻradi. Oʻrganishlar davomida bu oila chindan ham ijtimoiy himoyaga muhtojligi ayon boʻlgach, ularga respublika shifoxonasida bepul jarrohlik amaliyoti oʻtkazish uchun yoʻllanma ajratiladigan boʻldi.

    Olmazorlik Shahnoza Sobirovaning kasbi – hamshira, biroq uning doimiy ishi yoʻq edi. Shu masalaga yechim izlab ommaviy qabulga kelgan bu kelinchakning ham muammosi hal qilindi, u shu tumandagi 15-oilaviy poliklinikaga ishga joylashtirildi.

    Olmazorda ham murojaatlarda koʻtarilgan masalalar yuzasidan amaliy ishlar boshlab yuborildi. “Yangi Toshkent” mahallasida ichimlik suvi quvuri eskirib ketgan, oqibatda bir necha marta avariya holati yuz berar, ichimlik suvi esa uzilib qolardi.Ayni paytda bu quvurning 100 metr qismini almashtirish ishlari boshlab yuborilishi bilan 120 ta xonadon uzluksiz ichimlik suvi bilan taʼminlanadigan boʻldi.

    Ommaviy qabullar jarayonida fuqarolarga imkon qadar koʻproq qoʻshimcha imkoniyat va qulayliklar yaratish maqsadida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari, chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar, arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari savdosi, hunarmandlar koʻrgazmalari ham tashkil etildi.

    Xuddi shunday muloqotlar poytaxtimizning qolgan tumanlarida ham oʻtkazildi.

    Birinchi kunning oʻzida Toshkent shahri tumanlarida oʻtkazilgan ommaviy qabullarda jami 2 mingdan ziyod murojaatlar qabul qilinib, ularning deyarli 800 tasi joyida ijobiy hal etildi, 350 ga yaqiniga huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi, 880 dan ziyodi ijro qaratilib, nazoratga olindi.

    Toshkent shahridagi ommaviy qabullar haftaligi davom etmoqda, biz ham voqealar rivojini kuzatib boramiz.