Holat yuzasidan IIV Axborot xizmati rahbari Sh.Gʻiyosovning maʼlum qilishicha, mazkur xabar asossiz.
Aniqlanishicha, joriy yilning 1-fevral kuni Shayxontohur tumanida 113-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi F.N. boshqaruvidagi avtomashinaga 132-sonli maktab oʻquvchilari G.B, S.N. lar yerdagi muz boʻlagini tepgan.
Shundan soʻng 11-sinf oʻquvchilari muz boʻlagini tepgan bolalarni ichki ishlarga olib boramiz, deb ularni ogʻzaki qoʻrqitgan. Bolalar boshqa bunday qilmasligini aytib uyiga ketgan.
“Hozir bolalar sogʻ-salomat, ular ota-onasi bagʻrida. Avtomashinani boshqarish huquqi boʻlmagan maktab oʻquvchilarining ota-onasi bilan birga huquqbuzarlikka yoʻl qoʻymaslik yuzasidan profilaktik suhbat oʻtkazilgan”, deyiladi xabarda.