Toshkentda Oʻzbekiston -Fransiya Iqtisodiy palatasi ish boshladi

    Biznes 25 Aprel 2024 899

    Kecha Toshkentda Oʻzbekiston -Fransiya Iqtisodiy palatasining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Bu tashabbus Fransiya Respublikasi Prezidenti Э.Макроннинг 2023-yil noyabr oyida Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida davlat rahbarlari tomonidan bildirilgan edi.

    Fransiya -Oʻzbekiston iqtisodiy palatasi hozirda 50 dan ortiq fransuz kompaniyasi va tadbirkorlarini hamda ularning oʻzbekistonlik hamkorlarini birlashtiradi.

    Palata har ikki davlatning davlat idoralari bilan munosabatlarni mustahkamlab boradi hamda ularga ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boʻyicha tavsiyalar beradi. Palata oʻzining fransuz va oʻzbekistonlik tadbirkorlari manfaatlarini faol himoya qilib boradi.

    Tadbir davomida fransuz kompaniyalarining Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi, turizm, togʻ-kon sanoati, energetika kabi ustuvor yoʻnalishlarda faoliyatini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

    Oʻzaro manfaatli loyihalarni yanada rivojlantirishda har ikki tomon tadbirkorlarini qoʻllab-quvvatlashga tayyorlik bildirildi.

    Tadbir doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va “Oʻzbekiston -Fransiya” iqtisodiy palatasi prezidenti Joan Gola Hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzoladilar. Hujjatda Palata faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari doirasida munosabatlarni yanada rivojlantirishning aniq mexanizmlari belgilandi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.