Toshkentda “Oʻzbekiston – Ozarbayjon – Turkiya” muloqotining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi

    Xalqaro hamkorlik 1 Avgust 2022 779

    2022-yil 2-avgustda Toshkent shahrida “Oʻzbekiston – Ozarbayjon – Turkiya” muloqotining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

    Tadbirda uch mamlakatning tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalari uchun masʼul boʻlgan vazirliklari rahbarlari ishtirok etadi.

    Tomonlar Oʻzbekiston, Ozarbayjon va Turkiya oʻrtasidagi mintaqaviy va xalqaro siyosat, savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar va transport sohalaridagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qiladilar.

    Uchrashuv davomida mazkur yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish boʻyicha yangi takliflar ishlab chiqiladi.

    Tadbir yakunida Toshkent deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.