Toshkentda “Oʻzbekiston- Ozarbayjon- Turkiya” uch tomonlama birinchi uchrashuvi oʻz ishini boshladi

    Xalqaro hamkorlik 2 Avgust 2022 1748

    Toshkentda uch mamlakatning tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalariga masʼul boʻlgan vazirliklari rahbarlari ishtirokidagi “Oʻzbekiston- Ozarbayjon- Turkiya” uch tomonlama birinchi yigʻilishi oʻz ishini boshladi.

    Tadbirni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov ochdi.

    Tadbir kun tartibidan Oʻzbekiston, Ozarbayjon va Turkiya oʻrtasida mintaqaviy va xalqaro siyosat, savdo, iqtisodiyot, investitsiya va transport sohalarida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari joy olgan.

    Uchrashuv davomida ushbu sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish boʻyicha yangi takliflarning ishlab chiqilishi kutilyapti.

    Tadbir yakunlari boʻyicha Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.