Tadbir Markaziy Osiyo xalqaro instituti va Qirgʻiziston Prezidenti huzuridagi Milliy strategik tashabbuslar instituti tomonidan tashkil etilmoqda.
Anjumanda ikki mamlakatning yetakchi tahliliy markazlari va ilmiy-tadqiqot institutlari ekspertlari, vazirlik va idoralari, Toshkentda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etadi.
Konferensiya ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro darajadagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning eng muhim masalalari boʻyicha Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning umumiy yondashuvlarini ishlab chiqish hamda mustahkamlash, ikki tomonlama hamkorlikning aniq yoʻnalishlarini tahlil etishga qaratilgan.
Anjuman davomida ikki davlat rahbarlarining soʻnggi uchrashuvi chogʻida imzolangan Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida har tomonlama strategik sheriklik toʻgʻrisidagi tarixiy deklaratsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga oid masalalar koʻrib chiqiladi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.