Prezidentning 12.01.2024-yildagi «Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin darajada koʻpaytirish va ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida«gi PF-9-son Farmoniga muvofiq “Toʻrt faslning har birida sayohat« turistik mavsumlarini ochish doirasida «Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turistik yarmarkasi tashkil etiladi.
Ichki turistik yarmarka 2024-yilda Toshkent shahrida Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, 2025-yildan boshlab esa — respublika hududlarida unda ishtirok etayotgan tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari, shuningdek mahalliy byudjetlar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan oʻtkaziladi.
Hujjatda turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida har yili quyidagilar tashkil etilishi nazarda tutilgan:
- mart va avgust oylarida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida B2B («biznes biznes uchun«) va B2C («biznes isteʼmolchi uchun«) mexanizmlari asosida mintaqaviy ichki turistik yarmarkalar;
- dekabr oyida — B2B doirasida milliy turistik yarmarka tashkil etiladi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
- 2025-yilda ichki turistik yarmarkalarni oʻtkazish boʻyicha tadbirlar rejasi.
Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilingan va 2024-yil 8-oktyabrdan kuchga kirgan.