Shu yilning 13—15-may kunlari boʻlib oʻtadigan mazkur “Oʻzbekiston energetika haftaligi – 2025” bir qator yirik tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Xususan, “Oʻzbekiston neft va gazi – OGU 2025” 27-xalqaro koʻrgazma va konferensiyasi, “Energetika, energiya tejash, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan 2025” 18-xalqaro koʻrgazmasi, “Markaziy Osiyoning yashil va energiya tejovchi texnologiyalari — GETCA” ixtisoslashtirilgan boʻlimi 5-xalqaro energetika konferensiyasi, shuningdek, xalqaro hamkorlar bilan bir qator G2B va B2B uchrashuvlari boʻlib oʻtadi.
Bundan tashqari, koʻrgazma anjumanlari doirasida xorijiy va mahalliy kompaniyalar, xalqaro ekspertlar hamjamiyati hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida sohaga oid dolzarb mavzular yuzasidan qator xalqaro koʻrgazma hamda konferensiyalar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.