Tadbirda Koreyaning Kichik va oʻrta biznes uchun texnologiyalar va axborotni ilgari surish agentligi (TIPA) vitse-prezidenti boshchiligidagi 11 ta Koreya kompaniyasi ishtirok etdi.
Biznes-forumda Savdo-sanoat palatasi Raisi maslahatchisi Saidkomil Saidnazirxonov hamda respublikamizning farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi, qurilish kabi sohalarining 30 dan ortiq yirik tadbirkorlari ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida Savdo-sanoat palatasi aʼzolari va Koreyaning yetakchi korxonalari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha qator shartnomalar imzoladi. Shuningdek, biznes-forum doirasida Palata aʼzolari va Koreya ishbilarmon doiralari oʻrtasida B2B formatida uchrashuvlar boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.