Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Uchrashuv davomida xavfsizlik sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, xususan, terrorizm va ekstremizm, noqonuniy migratsiya, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, terrorchilik faoliyatiga aloqador boʻlgan qidiruvdagi shaxslarni ushlash va deportatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Turkiya delegatsiyasining tashrifi ikki davlat oʻrtasidagi yuqori darajadagi siyosiy aloqalar jadal rivojlanib borayotgan bir sharoitda boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston va Turkiya qardosh davlatlar sifatida zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurashish masalalarida yakdil pozitsiyaga ega.
Hozirgi vaqtda faqat birgalikdagi saʼy-harakatlar va amaliy hamkorlik mamlakatlarimizni terrorizm va ekstremizmning har qanday koʻrinishlaridan himoya qilishga qodir ekanligini taʼkidlash joiz.