баннер
24 Mar 2025
08:13

    Toshkentda “peshexod“dan oʻtayotgan piyodani “Spark” urib ketdi

    Yoʻl transport hodisasi oqibatida olgan tan-jarohatlari natijasida piyoda shifoxonaga olib ketilgan va birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.

    Poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berishicha, shu yilning 15-fevral kuni kech soat 20:15 larda Yunusobod tumani Amir Temur koʻchasida 2005-yilda tugʻilgan haydovchi J.I. “Spark” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, ushbu yoʻl transport hodisasi haydovchining tezlikni meʼyoridan oshirishi oqibatida sodir boʻlgan.

    Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech