Toshkentda PM2.5 koʻrsatkichi hali ham meʼyordan yuqori — Oʻzgidromet

    Oʻzgidromet 2025-yil 22-noyabr kuni soat 18:00 holatiga koʻra avtomatik monitoring stansiyalari maʼlumotlari bilan boʻlishdi.

    Unga koʻra, Toshkent shahri atmosferasida mayda dispersli zarrachalar miqdori oshgan.

    Yaʼni, PM10 – 276,3 mkg/m³ ni tashkil etib, belgilangan meʼyor (300 mkg/m³)dan oshmagan. PM2.5 koʻrsatkichlari esa 189 mkg/m³ boʻlib, ruxsat etilgan meʼyor (60 mkg/m³)dan 3,1 barobar yuqori qayd etildi.

    Mutaxassislar maʼlumotiga koʻra, koʻrsatkichlarning oshishiga keskin harorat oʻzgarishi, yaʼni inversiya jarayoni sabab boʻlgan. Inversiya havodagi mayda zarrachalarning toʻplanishi va ularning konsentratsiyasining ortishiga olib keladi.

    Oʻzgidromet aholi va poytaxt mehmonlariga ehtiyot choralarini koʻrish boʻyicha tavsiyalari hamon oʻzgarmagan:

    • ochiq havodagi faoliyatni cheklash;
    • tashqariga chiqqan holda niqob taqish.