Toshkentda professionallar oʻrtasida oʻtkaziladigan MMA musobaqasi ertaga boshlanadi

    Sport 23 Oktabr 2020 612

    23-25-oktyabr kunlari poytaxtimizdagi Markaziy harbiy sport klubida Aralash jang sanʼatlari sport turi boʻyicha professionallar oʻrtasida turnir tashkil etiladi.

    Mudofaa vaziri kubogi uchun oʻtkazilayotgan musobaqada Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda barcha viloyatlardan 150 nafarga yaqin yakkakurash ustalari ishtirok etadi. Turnir gʻolib va sovrindorlari 9 vazn toifasida aniqlanadi.

    Eng koʻp ishtirokchi MHSK jamoasidan boʻlib, 28 nafar armiyachilar medallar uchun kurashadi. Fargʻonadan 16, Toshkent shahridan 14, poytaxt viloyatidan 13, Andijondan 10 nafar qatnashchi musobaqaga yetib kelgan.