Toshkentda profilaktika inspektorini oʻldirganlikda gumonlangan shaxs qoʻlga olindi

    Xavfsizlik 30 Noyabr 2022 1135

    Unga nisbatan protsessual tartibda chora koʻrish uchun prokuratura organlariga topshirildi.

    Avval xabar berilganidek, Toshkent shahar Olmazor tumanining “Gʻalaba” mahallasiga tezkor chaqiruv joyiga yetib borgan tuman IIO FMB profilaktika inspektori katta leytenant N.Bobomurotovning hayotiga muqaddam sudlangan, 1992-yilda tugʻilgan fuqaro B.Z. tomonidan tajovuz qilingandi.

    Oqibatda N.Bobomurotov voqea joyida vafot etgan edi.

    IIV matbuot xizmati rahbari Shoxrux Gʻiyosovning xabar berishicha, gumondor B.Z. qoʻlga olinib, protsessual tartibda chora koʻrish uchun prokuratura organlariga topshirildi.