Toshkentda psixotrop moddalarni daraxt tagidan kavlab olayotgan shaxs qoʻlga olindi

    Hozirda mazkur holat yuzasidan IIO xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari davoi ettirilmoqda.

    Milliy gvardiya axborot xizmati maʼlum qilishicha, 16-yanvar kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida Milliy gvardiyaning Qoʻriqlash boʻlimi hamda ichki ishlar xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida xususiy turar-joylar yaqinidagi daraxtlarning biri tagidan psixotrop moddalarni kavlab olayotgan shaxs qoʻlga olindi.

    Olib borilgan dastlabki surishtiruv mobaynida ushbu shaxs 26 yoshli fuqaro A. X. ekani maʼlum boʻldi. Unga mazkur joyning manzilini Telegram messenjeri orqali yuborilganini, shuningdek psixotrop va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi orqasida turgan shaxslarni tanimasligini bildirgan.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan IIO xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari davoi ettirilmoqda.