Qarorga koʻra, hokimlik va “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining transport vositalarining pulli toʻxtab turish joylari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ularni bosqichma-bosqich tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullandi.
Hujjatda pulli toʻxtab turish joylaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar miqdori ham tasdiqlandi. Parking hududlari 5 ta tarif zonasiga boʻlinadi.
Bir soatlik toʻxtab turish narxlari:
- 1-tarif zonasida 12 ming soʻm;
- 2-tarif zonasida 10 ming soʻm;
- 3-zonada 8 ming soʻm;
- 4-zonada 6 ming soʻm;
- 5-tarif zonasida 5 ming soʻmni tashkil qiladi.
Parking transport vositalarini saqlash uchun moʻljallanmagan. U yerda uchinchi shaxslar tomonidan transport vositalarining olib qochilishi va shikastlanishi xavfi avtomobillar egalari zimmasida qoladi.
Ayrim guruh nogironlari, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga bepul xizmat koʻrsatiladi. Shuningdek, davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydigan ikki gʻildirakli transport vositalari bepul joylashtirilishi mumkin.