Toshkentda qalbaki dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi

    Oʻtkazilgan ekspertiza xulosalariga koʻra, ashyoviy dalil sifatida olingan 4 000 quti dori vositalari qalbakilashtirilganligi aniqlangan.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani boʻlimi, DXX va DBQ xodimlari hamkorligida tumandagi Chorbogʻ koʻchasida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar A.A. va D.A. soxta sertifikatga ega boʻlgan jami 4 000 quti “Xitofer-S 5 ml” nomli dori vositasini fuqaro M.X.ga 43 750 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.