Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida Yunusobod tumanida joylashgan “Universam dehqon bozori” oldida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar N.R., X.A. (muqaddam sudlangan) va boshqalar oʻzaro til biriktirib, Toshkent tumanida yashovchi S.M.dan olib kelgan 100 AQSH dollarlik kupyuradagi qalbaki 10 000 AQSH dollarini fuqaro A.O.ga haqiqiy 7 200 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ushlanib, X.A.ning yonidan oʻtkazish maqsadida saqlab kelingan yana 75 dona 100 AQSH dollarlik qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.