Toshkentda qalbaki pullar ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelgan jinoiy guruh ushlandi

    Voqea-hodisalar 24 Yanvar 2025 1080

    Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani IIB xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining Chirchiq shahri va Ohangaron tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yashovchi 1999-yilda tugʻilgan shaxs fuqaroga 3 ming AQSH dollari evaziga 6644 dona 20 ming soʻmlik kupyuradagi jami 132 mln 880 ming soʻmga teng boʻlgan qalbaki pullar, 2 dona alyuminiy six, qalbaki pullarni oʻrashga moʻljallangan qogʻoz bogʻlagich va yelim xaltalarni sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

    Ushbu tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur shaxs ushbu qalbaki pullarni Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yashovchi boshqa bir shaxsdan sotib olganligi aniqlandi.

    Maʼlumotlarga koʻra, Ohangaron tumanida yashovchi 1997-yilda tugʻilgan fuqaro 1993-yilda tugʻilgan shaxs bilan jinoiy til biriktirib, koʻp qavatli uylardan biridagi xonadonni ijaraga olgan. U yerda rangli chop etish moslamalaridan foydalangan holda, 100 ming soʻmlik qalbaki kupyuralarni ishlab chiqarayotganligi aniqlandi.

    Tezkor tadbir davomida ushbu xonadondan 1 dona chop etish qurilmasi, 28 mln 300 ming soʻm miqdoridagi qalbaki pullar, 400 ming soʻm chop etishda ishlatiladigan 100 ming soʻmlik haqiqiy pullar, qogʻoz pullarni qirqish uchun dastgoh, qalbaki pullarni bogʻlash uchun moʻljallangan qogʻoz bogʻlagich va yelim xaltalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

    Hozirda holat yuzasidan JKning 176-moddasi 2-qismi «b« va «v« bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.