Oʻtkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan fuqarolar X.U. va A.D. oʻzaro til biriktirib, umumiy ogʻirligi 2,06 kg. boʻlgan oddiy metallga tilla rangini berish orqali quyma oltinga oʻxshatib tayyorlangan (“999,9” asllik belgisi tamgʻasi muhrlangan) metallarni fuqarolar M.S va R.L.ga 70 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, ushbu pullar hisobidan 35 000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.









