Bu haqda 22-avgust kuni boʻlib oʻtgan Toshkent shahar korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi yigʻilishida maʼlum qilindi.
Toshkent shahar prokurorining birinchi oʻrinbosari A.Urmanovning hisobotida taʼkidlanishicha, bu kabi jinoyatlar asosan, huquqni muhofaza qilivchi organlari, oliy, xalq taʼlimi va maktabgacha taʼlim, sogʻliqni saqlash, bandlik, moliya, soliq, energetika, bank, hokimlik xodimlari, kadastr xizmati va ekologiya idoralarning masʼul hamda mansabdor shaxslari hissasiga toʻgʻri kelgan.
Korrupsiya holatlarini fosh etish va aybdor shaxslarga jazo muqarrarligini taʼminlash borasida, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 81 ta tezkor tadbirlar oʻtkazilib, barchasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Jinoyat ishlari tergovi doirasida 93 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.