Toshkentda qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq yo‘lovchi tashiyotgani ma’lum qilindi

    Poytaxtda Qashqadaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari haydovchilari yo‘lovchilarni onlayn-agregatorlar orqali tashimoqda.

    Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, 6 ta onlayn taksi agregatori soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan. Ushbu agregatorlar orqali yo‘nalishsiz taksi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilarga tegishli bo‘lgan 199,1 mingta avtomobil mavjud.

    Shundan 64 foizi Toshkent shahrida harakatlanadi. Ularning aksariyati quyidagi hududlarga to‘g‘ri keladi:

    • Toshkent shahri — 54,6 foiz;
    • Toshkent viloyati — 17,9 foiz;
    • Qashqadaryo viloyati — 5 foiz;
    • Farg‘ona viloyati — 3,3 foiz.