Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi qidiruv shubasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan qidiruvdagi avtotransport vositalarini qidirib topish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Majburiy ijro byurosi markaziy boshqaruv boʻlimi ish yurituvida mavjud boʻlgan Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudining 26.05.2023-йилдаги ijro hujjatiga asosan qarzdor Ю.А.дан davlat foydasiga 115,8 mlrd. soʻm undirish belgilangan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdorning nomida Cobalt rusumli avtotransport vositasi mavjudligi aniqlangan.

Ushbu avtomashina qarzdor yashayotgan manzilda yoʻqligi sababli unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi qidiruv shubasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning 30-aprel kuni oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlaridan birida qarzdorga tegishli avtomashina Nukus shahridan topilib jarima maydonchasiga qoʻyilgan.