Toshkentda qilichbozlik boʻyicha xalqaro musobaqa oʻtkaziladi

    Shu yilning 14-15-oktyabr kunlari Toshkent shahrida qilichbozlik boʻyicha xalqaro musobaqa oʻtkaziladi.

    Milliy Olimpiya qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, “Satellite” tasnifidagi mazkur turnir rapira qurolida erkaklar va ayollar oʻrtasida yakkalik dasturida oʻtkaziladi.

    Ahamiyatlisi, mazkur musobaqa litsenzion xarakterga ega boʻlib, unda sovrinli oʻrinlarni egallan sportchilar Parij-2024 Olimpiadasi yoʻlida qimmatli reyting ochkolarini oʻz hisoblariga yozdirib qoʻyishlari mumkin.

    Unda hamyurtlarimizdan tashqari Avstriya, Jazoir, Xorvatiya, Buyuk Britaniya, Gankong, Qozogʻiston, BAA, Gana, Irlandiya, Italiya, Senegal, Shveysariya kabi mamlakatlardan sportchilar medallar uchun kurash olib borishadi.