Toshkentda qilichbozlikning rapira yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi boshlandi

    Toshkentda qilichbozlikning rapira yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichi start oldi.

    Qayd etilishicha, 3 kun davom etadigan musobaqada 15 mamlakatdan 158 nafar sportchi ishtirok etmoqda.

    Dasturga koʻra, bugun qizlar oʻrtasida yakkalik yoʻnalishida gʻolib va sovrindorlar nomi aniqlanadi.

    Mazkur bellashuvlarda terma jamoamiz sharafini 15 nafar sportchi himoya qiladi.