Toshkentda qish mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha ommaviy qabul boʻlib oʻtadi

    Ijtimoiy hayot 4 Noyabr 2022 1440

    Ommaviy qabul joriy yilning 5-noyabr kuni soat 10:00da Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi “Oʻzekspomarkaz” binosida boʻlib oʻtadi.

    Toshkent shahrida qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish, hududlarda uy-joy, kommunal xizmat koʻrsatish, energetika sohalarida yechimini kutayotgan masalalarni hal etish maqsadida uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish va energetika kompleksidagi vazirliklar, idoralar, shahar-tuman hokimliklari va hududiy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida 5-noyabr kuni ommaviy qabul oʻtkaziladi.

    Aholi bilan ochiq muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzsuvtaʼminoti” AJ, Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Toshkent shahar hokimiyati, Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, “Toshkent shahar mintaqaviy yoʻllarga byurtmachi xizmati” DUK, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, “Maxsustrans” ICHB DUK va boshqa qator idoralar rahbarlari fuqarolarni qabul qiladi.

    Ommaviy qabul joriy yilning 5-noyabr kuni soat 10:00da Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi “Oʻzekspomarkaz” binosida boʻlib oʻtadi.