Qayd etilishicha, “Atrof-muhitni asrash va “yashil“ iqtisodiyot yili“ munosabati bilan bu galgi yoʻq qilish tadbirida atrof-muhitga va insonlar salomatligiga zararli taʼsirining oldini olish hamda chiqindilardan oqilona foydalanish maqsadida noqonuniy muomaladan olib qoʻyilgan va sud qarori asosida yoʻq qilinishi belgilangan tamaki mahsulotlari yoqib yuborishdan avval qogʻoz oʻrovlaridan ajratildi.
Soʻnggi yillarda bojxona organlari tomonidan noqonuniy tamaki mahsulotlarini ochiq tarzda yoʻq qilish anʼanaga aylandi. Bunday choralar jamiyat tomonidan ijobiy baholanib, qonunbuzarliklarning oldini olishda samarali natijalar bermoqda. 2024-yilda Oʻzbekistonda tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi hajmi 19,4 foizdan 9,6 foizgacha kamaygan.
Yoʻq qilingan mahsulotlarning aksariyati Toshkent aeroportida qoʻlga olingan. Noqonuniy yoʻllar bilan olib kelingan ushbu tamaki mahsulotlarining umumiy qiymati 1 milliard soʻmni tashkil etadi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida esa 137 ta holatda qiymati 9,3 mlrd soʻmlik 305 ming quti tamaki mahsulotlari bilan bogʻliq huquqbuzarlik holatlari fosh qilingan.